Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Xurshid G‘iyosov: «Kuchli ambisiyaga ega klub safida to‘p surish men uchun sharaf»

Xurshid G‘iyosov: «Kuchli ambisiyaga ega klub safida to‘p surish men uchun sharaf»

Baho:
+ | -

"Neftchi" safiga kelib qo‘shilgan tajribali yarim himoyachi Xurshid G‘iyosov jamoa haqida fikr bildirdi.

– Avvalo, Farg‘ona shahriga va «Neftchi» futbol klubi muxlislariga o‘z salomimni yo‘llayman. Bu yerga kelishimdan asosiy maqsad — Osiyo Chempionlar ligasi, O‘zbekiston chempionati hamda mamlakat Kubogida jamoa bilan birgalikda maksimal natijalarga erishishdir.

«Neftchi» — katta tarixga ega, o‘tgan mavsumda chempionlikni mutlaqo haqli ravishda qo‘lga kiritgan jamoa. Aynan shunday ambisiyali klub safida to‘p surish men uchun katta mas’uliyat va sharaf.

Farg‘onaga kelishimda viloyat hokimi hamda klub bosh direktori Mansur aka Toshmatov muhim rol o‘ynashdi. Klubda futbolchi uchun barcha sharoitlar maksimal darajada yaratilayotganini ko‘rib turibman. Bu esa o‘z oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsadlarga erishish uchun muhim omil hisoblanadi.

O‘tgan mavsumni shaxsan o‘zim uchun muvaffaqiyatli deb baholayman. OKMK jamoasi ahil, u yerda haqiqiy professional insonlar faoliyat yuritadi. Ularning barchasiga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Endilikda esa butun e’tiborim «Neftchi»ga qaratilgan. Jamoa bilan birgalikda yanada katta marralarni zabt etish va chempionliklarni davom ettirish yo‘lida bor kuchimni ishga solaman.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 21:46, 29.12.2025.
O'qildi: 1928 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик