Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Amorim: «Bizda hech narsa o‘xshamadi, bu bizning kunimiz emas edi»

Amorim: «Bizda hech narsa o‘xshamadi, bu bizning kunimiz emas edi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim Angliya Premyer-ligasining 19-turida bo‘lib o‘tgan «Vulverxempton»ga qarshi o‘yin (1:1) haqida fikr bildirdi.

«Biz butun o‘yin davomida kurashdik. Ijodkorlik yetishmadi, ammo bu o‘yin «Nyukasl»ga qarshi bahsdan farq qilishini oldindan bilardik. O‘yin paytida energiyamiz boshqacha edi. Albatta, xursand emasmiz. Biz ilk daqiqalardanoq uch nafar hujumchi bilan o‘ynashga harakat qildik, ammo hech narsa chiqmadi — bu bizning kunimiz emas edi. O‘yin davomida juda katta darajada uyg‘unlik yetishmadi.

Agar sen «Manchester Yunayted»da o‘ynayotgan bo‘lsang, kim maydonga tushayotgani, kim zaxirada ekani yoki kim umuman o‘ynamayotgani muhim emas. Sen natija ko‘rsatishing va g‘alaba qozonishing kerak. Bizga tushayotgan bosim ana shunday. O‘yinga va futbolchilarni qanday joylashtirayotganimizga qarab, jarayonni boshqarishga urinayotganimizni ko‘rish mumkin, ammo ayrim paytlarda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bu o‘yin natijasini o‘zgartira olmaymiz, ammo oldinga harakat qilib, keyingi o‘yinga tayyorlanishimiz mumkin», — deya Amorimning so‘zlarini «MYU» matbuot xizmati keltiradi.

Ushbu o‘yindan so‘ng «Manchester Yunayted» 30 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:08, 31.12.2025.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик