Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

AQSH JCH-2026 vaqtida dronlar hujumiga qarshi xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun 250 mln dollar ajratdi

AQSH JCH-2026 vaqtida dronlar hujumiga qarshi xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun 250 mln dollar ajratdi

Baho:
+ | -

AQSH 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati vaqtida uchuvchisiz uchish apparatlariga (dron) qarshi choralar ko‘rish uchun 250 mln dollar ajratdi.

AQSH Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentligining (FEMA) ma’lum qilishicha, Vashington ma’muriyati Jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan 11 shtat hamda poytaxt hududiga 250 mln dollar yo‘naltirgan. Ushbu mablag‘lar dronlarni aniqlash, identifikasiya qilish, kuzatish va ularga qarshi kurashish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun ishlatilishi mumkin.

Agentlik vakillarining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda jinoyatchilar, terrorchilar va AQSHga nisbatan dushmanona kayfiyatdagi xorijiy tuzilmalar dronlardan tobora faolroq foydalanmoqda.

“Biz dronlar bilan bog‘liq xavf ortib borayotganini inobatga olib, Jahon chempionati xavfsizligini ta’minlash uchun tezkor harakat qilish zarurligini tushundik va aynan shuni amalga oshirdik”, dedi agentlik vakili.

Qayd etilishicha, 2026-yilda ham shtatlarga dronlarga qarshi choralar uchun yana 250 mln dollar ajratilishi rejalashtirilgan.

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘z tarixida ilk marta mundialda qatnashadi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya hamda pley-off g‘olibiga (Yamayka, Kongo hamda Yangi Kaledoniya) qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar Meksika hamda AQSH hududida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:04, 02.01.2026.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.