Kirish Ro'yxatdan o'tish

Netu: "Chelsi" g‘alaba uchun "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga bormoqda"

Netu: "Chelsi" g‘alaba uchun "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga bormoqda"

Baho:
+ | -

"Chelsi" vingeri Pedru Netu "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

Yakshanba kungi bahs "ko‘klar" uchun payshanba kuni iste’fosi e’lon qilingan Enso Mareska ketganidan beri birinchisi bo‘ladi. Jamoani vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarlen boshqaradi.

"Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan o‘zimni qulay his qilyapman. Biz o‘zimizga ishonamiz. Nimalarga qodirligimizni, nimalarga erisha olishimizni bilamiz. Biz o‘yinga g‘alaba ishtiyoqi bilan boramiz," - dedi Netu Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:12, 03.01.2026.
O'qildi: 637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик