Milanning "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martines A Seriya 3-turidan o‘rin olgan "Bolonya"ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yin uchun mukammal rejamiz bor edi. Biz ajoyib boshladik, faol bosim o‘tkazdik, bu bilan "Bolonya"ga ko‘p muammo tug‘dirdik - ayniqsa, to‘plar uchun kurashda. Gollarimiz shunday urildi," - deya Lautaro Martinesning so‘zlarini keltiradi DAZN.













