Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

“CHelsi” Vinisius uchun 150 mln yevro to‘lashga tayyor

“CHelsi” Vinisius uchun 150 mln yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” klubi Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. The Guardian xabariga ko‘ra, ingliz klubi braziliyalik futbolchi uchun 135 million funt sterling (taxminan 156 million yevro) taklif qilishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, Vinisius “Real”dagi hozirgi vaziyatdan to‘liq qoniqmayapti. Shu bois hozircha klub bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Bu holat ortidan “Chelsi” Vinisiusni transfer qilish uchun harakat boshlagan.

25 yoshli Vinisiusning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan. Klub futbolchini erkin agent sifatida qo‘ldan chiqarmaslik uchun yanvar oyida sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. U 2018-yildan buyon Madrid klubi safida to‘p surib kelmoqda. Vinisius shu vaqt mobaynida “Real” bilan birgalikda uch karra Ispaniya chempioni, ikki karra Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Braziliyalik futbolchi “Real” safida jami 347 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 111 ta gol va 91 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:34, 07.01.2026.
O'qildi: 2286 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.