Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Muhammadali Usmonov: «Namanganga katta orzular bilan keldim»

Muhammadali Usmonov: «Namanganga katta orzular bilan keldim»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kuni kecha mahoratli vinger Muhammadali Usmonov "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi klub matbuot xizmati uchun maxsus intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etyapmiz.

— Assalomu alaykum! Muhammadali, avvalo jamoamizga xush kelibsiz...
— Vaalaykum assalom, rahmat.

— Keling, suhbatimizni «Navbahor»ga qo‘shilishingiz haqida boshlasak...
— «Navbahor»dan menga avvallari ham takliflar bo‘lgan edi. O‘sha paytdagi klub vise-prezidenti Otabek aka Samatov ikki yil avval «Paxtakor»da o‘ynab yurgan paytlarimda taklif bilan chiqqan edilar. Biz ular bilan ko‘rishib, gaplashganmiz. O‘tgan yilgi mavsum avvalida o‘sha vaqtdagi jamoa bosh murabbiyi Sergey Ivanovich Lushan bilan birga ham meni chaqirishgan va ko‘rishgandik. Menga ishonayotganini, Sergey Ivanovich ham meni «Navbahor» tarkibida ko‘rishni istayotganini aytishdi. Menga ham ularning takliflari manzur bo‘lgan, ammo huquqiy jihatdan «Paxtakor»ga tegishli bo‘lganim bois, o‘shanda «Navbahor»ga o‘tishim ijobiy yakun topmagan edi. Keyinchalik yozda ham taklif bilan chiqishgandi, ammo nasibam «Andijon»da ekan, yakunlangan mavsumning 2-davrasini andijonliklar safida o‘tkazgan edim. Bu yil endi taqdir nasib bo‘lib, shartnoma imzoladim, bundan judayam xursandman!

— Sizda «Navbahor»dan boshqa takliflar ham bormidi?
— Albatta, «Navbahor»dan tashqari, Superliganing boshqa klublaridan ham takliflar bor edi. Lekin hozir taklif bilan chiqqan jamoalarni keltirishim ularga nisbatan hurmatsizlik bo‘lib qolmasin. Bir narsani aniq ayta olamanki, oldimda «Navbahor»dan tashqari, yana 3 ta aniq taklif bor edi.

— Nimaga aynan «Navbahor» jamoasini tanladingiz?
— Bunga juda ko‘p omillar sabab bo‘ldi. Avvalo, Namanganda futbolga qiziqish kuchliligi, namanganlik muxlislarning dovrug‘i MDH hamda Osiyo mamlakatlariga ham tarqalgani ham sabab bo‘ldi. Otam ham ko‘p yillik futbol muxlisi bo‘lganlari uchun yurtimiz jamoalari haqida yetarli ma’lumotga egalar. Dadam namanganliklar futbolni yaxshi ko‘rishadi, futbol qadr topgan joyda futbolchi ham qadrlanadi, shuning uchun «Navbahor» variantiga ko‘nglim chopyapti, deb maslahat berdilar. «Paxtakor»da o‘ynab yurgan vaqtlarimda «Navbahor»ga qarshi kechadigan o‘yin uchun Namanganga kelsak, hatto yoshlar jamoalari uchrashuviga ham juda ko‘p muxlislar kelishardi. Asosiy jamoaning o‘yinlarida stadiondagi atmosfera ham o‘zgacha bo‘lar edi. Bunday ishqibozlar qarshisida maza qilib, futbol o‘ynaydi odam. Qolaversa, bosh murabbiy Timur Tohirovich Kapadze bilan gaplashganimdan keyin aniq «Navbahor»ga borishim kerak, degan qarorga keldim.

— Yangi jamodagi dastlabki taassurotlar qanday?
— Taassurotlar yaxshi, hammasi kutganimday kechmoqda. Mashg‘ulotlar quvnoq kayfiyatda bo‘lmoqda.

— Jamoaga moslashish qanday kechmoqda?
— Moslashishda muammo yo‘q. Boisi, jamoadagi ko‘pchilik bilan oldin ham bitta jamoada to‘p surganmiz. Qolganlar ham juda yaxshi qabul qilishdi.

— Orzularingiz borasida ham to‘xtalsangiz...
— Orzularim ko‘p! Namanganga katta orzular bilan keldim. Rostini aytsam, mavsum tezroq boshlanishi hamda «Navbahor» libosidagi debyutimni intiqib kutyapman. Xudo xohlasa, namanganlik muxlislarning ko‘ngillaridan joy olishga bor kuchim bilan harakat qilaman. Ushbu jamoaga o‘tayotganimda, «Navbahor»da yaxshi o‘yin namoyish etib, bu orqali legionerga aylanishni niyat qildim. Bunga yetarlicha asos bor. Yoshlar bilan yaxshi ishlaydigan murabbiy olib kelingan va «Navbahor» juda ko‘p futbolchilarga tramplin vazifasini o‘tagan.

— Kumiringiz kim?
— Braziliyalik taniqli hujumchi Neymar.

— Yoqtirgan raqamingiz?
— O‘n birinchi raqam.

— «Navbahor»da nechanchi raqamda o‘ynamoqchisiz?
— Bu haqda o‘ylashga hali vaqt bo‘lgani yo‘q. Oldin mashg‘ulotda yaxshi mehnat qilib, mavsumga tayyorlanib olaylik, qolgani esa bir gap bo‘lar.

— Superligadagi debyut golingizni eslay olasizmi?
— Shu savolni bermasangiz bo‘lardi (kuladi). Bu kunni esdan chiqarib bo‘larkanmi? Ilk golimni 2024 yilgi mavsumda «Paxtakor» safida «Olimpik» jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda urganman. O‘shanda «Olimpik» jamoasini Timur Tohirovich Kapadze boshqarardilar. O‘yin durang — 1:1 bo‘lib turganida, so‘nggi daqiqalarda gol urib, jamoamizning muhim g‘alabasini ta’minlagan edim.

— Raqobatdan qo‘rqmaysizmi?
— Yo‘q. Qaytanga raqobat bo‘lsa, futbolchi rivojlanadi. Raqobatning bo‘lgani yaxshi. Agar sog‘lom raqobat bo‘lsa, hech qachon, hech qayerda raqobatdan cho‘chimaganman, Xudo xohlasa, bundan keyin ham shunday bo‘ladi.

— Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat! Yangi mavsumda chiroyli o‘yinlaringiz hamda gollaringiz bilan jamoamizning g‘alabalariga munosib hissangizni qo‘shishingizga tilakdoshmiz.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:53, 07.01.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.