Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Superliganing 7 klubi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha talabni bajarishda yetakchilik qilmoqda

Superliganing 7 klubi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha talabni bajarishda yetakchilik qilmoqda

Baho:
+ | -

Avvalroq professional futbol klublari o‘z tarbiyalanuvchilarini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi shartligi ma’lum qilingandi. Assosiasiya va Liga o‘zaro kelishgan holda klub va uning maktabi masalasini to‘la tartibga soladi.

Klub professional mehnat shartnomalarini Liga ro‘yxatidan o‘tkazishi uchun sakkiz yosh toifasining har birida eng kamida 25 nafardan tarbiyalanuvchiga ega bo‘lishi lozim. Bolalar futbolini rivojlantirish loyihasi asosida Superliga klublari MyLeague platformasiga o‘n yosh toifasi bo‘yicha (2007—2016) tarbiyalanuvchilarini kiritishni boshladi. Endilikda Liga tomonidan tasdiqlangan har bir tarbiyalanuvchi profilida elektron futbolchi pasporti va unda futbolchining FIFA ID raqami aks etmoqda.

Hozirga qadar «Neftchi» (183), «Qo‘qon-1912» (175 nafar), «OKMK» (275), «Paxtakor» (254), «Bunyodkor» (241), «Nasaf» (196) va «Qizilqum» (161) klublari mazkur talabni bajarishda yetakchilik qilmoqda. Qavs ichida Liga tomonidan tasdiqlangan tarbiyalanuvchilar ro‘yxati ko‘rsatib o‘tilgan. Ular yosh futbolchilarni FIFA talab qilgan ko‘rinishda ro‘yxatdan o‘tkazishda davom etmoqda. Shundan kelib chiqib, yuqoridagi raqamlar oshishda davom etadi.

Endilikda mazkur klublar 2026-yilgi mavsum uchun professional futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Qolgan klublar esa buning uchun faollashishi talab etiladi.

Aynan qaysi yosh futbolchi Liga ro‘yxatidan o‘tkazilganligini e-pfl.uz havolasi orqali tekshirib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun havaskor futbolchilar bo‘limiga kirish va futbolchining ism-sharifi yoki aniq tug‘ilgan sanasi orqali izlash kifoya.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:13, 08.01.2026.
O'qildi: 1716 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик