"An-Nasr" himoyachisi Inigo Martines "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Men Saudiya Arabistonida juda baxtliman, garchi, albatta, barchangizni sog‘insam ham. "Barselona"dagi o‘tgan mavsum faoliyatimdagi eng yaxshisi bo‘ldi," - deydi futbolchi FanZone dasturiga bergan intervyusida.
Inigo Martines "Barselona"ga qaytishi mumkinmi, degan savolga himoyachi shunday javob berdi: "Yo‘q, buning iloji yo‘q. Joan Laporta menga buncha pul to‘lay olmaydi".













