Kirish Ro'yxatdan o'tish

«MYU» hujumchisining «Roma»ga transferi Amorim iste’fosi sabab barbod bo‘ldi

«MYU» hujumchisining «Roma»ga transferi Amorim iste’fosi sabab barbod bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzeening qishki transferlar oynasida "Roma"ga o‘tishi ingliz jamoasi bosh murabbiyi Ruben Amorimning iste’fosi tufayli barbod bo‘ldi, deb yozadi The Sun.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" futbolchi borasidagi pozisiyasini o‘zgartirgan va uning klubdan ketish rejasini keyinga qoldirgan.

Avvalroq, hujumchi "Roma"ga o‘tishga qiziqish bildirayotgani va Rim klubi taqdim etgan loyihadan hayratga tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Zirkzening ingliz klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Zirkzee APLda 10ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining narxi 25 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 05:49, 11.01.2026.
O'qildi: 1489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик