Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Superliga-2026. Mavsumni kim qayerda boshlaydi?

Superliga-2026. Mavsumni kim qayerda boshlaydi?

Baho:
+ | -

So‘nggi 10 kun davomida Liga mana shu savolga javob topish ustida ishladi. Buning ham yaxshi, ham noqulay tomoni bor.

Yaxshi tarafi shundaki, mamlakatdagi stadionlar bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Taqvim va qur’a mexanizmlarini shakllantirish tomonlama Liga, o‘z sevimli klubi ishtirokidagi uchrashuvni doim ham o‘z stadionida tomosha qila olmaydigan muxlis, shuningdek, har safar boshqa arenaga ko‘chib yurishga majbur klub buning noqulay tomonlarini o‘z tanasida his qilmoqda.

7 ta klub futbol maydoni holatidan kelib chiqib, mavsumni o‘z arenasida boshlashi mumkin: «Andijon», «Neftchi», «Qo‘qon-1912», «Bunyodkor», «Dinamo», «Surxon», «Xorazm». «Bunyodkor» stadioni barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Liga tomonidan qo‘yilgan mezonlarga to‘g‘ri keladi. Respublikadagi qolgan barcha stadionlar esa teletranslyasiyalar yo‘nalishida ish olib borib, mavjud kamera platformalarini kabellashtirish va ulanishlarni yagona «Patchroom» orqali markazlashtirish tizimini joriy etishi lozim.

«Paxtakor», «Qizilqum» va «Buxoro» klublari o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionda ishlar davom etayotgan bo‘lib, bunda ular mavsum startiga qadar tayyor bo‘lishga kafolat bermoqda. Ulgurmagan klub yo boshqa stadion bilan shartnoma imzolashi yoki uy o‘yinlarini ham raqib maydonida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. «Buxoro» «Superliga reglamenti»ning 4.7-bandini bajarish ustida ishlamoqda. Boisi, mazkur viloyatda maydon parvarishi uchun mo‘ljallangan zarur texnika mavjud emas. «Qizilqum» esa «Yoshlik» SM projektorlarini talab etilgan ko‘rinishga keltirish ishlarini boshlagan. O‘z navbatida «Paxtakor» ta’mirlash ishlarini yakuniy bosqichda olib bormoqda.

Qolgan 6 ta klub mavsumni boshqa arenada boshlaydi. Qashqadaryoning ikki klubi Qarshidagi «Markaziy stadion» tayyor bo‘lishini kutadi va u Liga tomonidan qabul qilib olingach, Qarshi shahriga qaytadi. Rejaga ko‘ra, «Nasaf» klubiga qarashli stadion aprel oyidan boshlab Superliga o‘yinlarini qabul qilishi mumkin. «Lokomotiv» va «OKMK» stadionlari ham aprel oyiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Namangandagi stadion tayyor holatga may oyida yetib kelishi katta ehtimol. «So‘g‘diyona» esa Zomindagi stadionni Superliga uchrashuvlariga moslashtirish harakatiga tushgan. Ish rejadan tashqari kechiksa, klub raqiblarini Samarqandda qabul qiladi.

Taqvim tayyor. Stadionlar masalasida esa hamon noaniqliklar bor. Endi Liga qur’a mexanizmni ishlab chiqadi va 2026-yilgi mavsum uchun butkul boshqa uslubdan foydalanadi. Bu haqda keyinroq alohida ma’lumot beriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:10, 11.01.2026.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик