Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafinya: "Barselona" o‘tgan mavsumni takrorlashi mumkin"

Rafinya: "Barselona" o‘tgan mavsumni takrorlashi mumkin"

Baho:
+ | -

"Barselona" vingeri Rafinya Dias Ispaniya Superkubogi finalida "Real" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoaning imkoniyatlarini baholadi.

Braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" darvozasiga dubl qayd etdi va "ko‘k-anorranglilar"ga joriy mavsumdagi ilk sovrinni qo‘lga kiritishga yordam berdi. Yakshanba kungi "el-klasiko" 3:2 hisobida yakunlandi.

"Biz o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatni takrorlashimiz mumkin. Ko‘ryapmanki, jamoa ancha ulg‘aydi va bizda yanada yaxshiroq bo‘lish uchun hamma narsa bor. Biz o‘tgan mavsumda erishgan yutuqlarimizni yana qo‘lga kiritishga qodirmiz - bu yerda raqiblardan ko‘ra ko‘proq bizga bog‘liq. Diqqatimizni jamlaganmiz," - dedi Rafinya finaldan keyin bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2024/25 yilgi mavsumda "Barselona" Ispaniya Superkubogi, mamlakat kubogi va La Ligada g‘olib chiqdi, Chempionlar Ligasida esa yarim finalga qadar yetib bordi.

Kiritildi: 11:09, 12.01.2026.
O'qildi: 1080 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик