Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Al-Hilol» Nunyesni boshqa bir hujumchiga almashtiradi

«Al-Hilol» Nunyesni boshqa bir hujumchiga almashtiradi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" va Turkiyaning "Fenerbaxche" klublari futbolchi almashishga yaqin turibdi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, urugvaylik hujumchi Darvin Nunyes "Fenerbaxche"ga o‘tishi, marokashlik hujumchi Yussef En-Nesiri esa "Hilol" a’zosiga aylanishi mumkin. Nunyes hozirda "Al-Hilol"da o‘zini baxtli his qilmayapti va bu transfer g‘oyasiga ijobiy qaramoqda. O‘z navbatida, Yusuf En-Nesiri Saudiya Arabistonida o‘ynash imkoniyatiga ishtiyoq bilan qaramoqda.

O‘tgan yozda "Liverpul"dan "Al-Hilol"ga o‘tgan Darvin Nunyes bu mavsum 17ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 4ta golga hammualliflik qildi. Uning hamkasbi 25 o‘yinda 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 00:51, 13.01.2026.
O'qildi: 2167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.