Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Samvel Babayan: «Yigitlarning o‘yinidan harqalay ko‘nglim to‘ldi»

Samvel Babayan: «Yigitlarning o‘yinidan harqalay ko‘nglim to‘ldi»

Baho:
+ | -

«Andijon»ning ilk o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin klub matbuot xizmati bosh murabbiy Samvel Babayanning bellashuv borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

“Ayni paytda xorijdagi tayyorgarlik jarayonining birinchi bosqichini o‘tkazyapmiz. Jismoniy holatni tiklash bo‘yicha katta ishlar amalga oshiryapmiz. Bu o‘yin jismoniy tarafdan tiklanish jarayoni qanday ketayotganini ko‘rsatib berdi. Albatta, yigitlar katta jismoniy yuklama olgan holda maydonga tushishdi.

Hamma futbolchilar pozisiyasidagi funksional vazifalarini bajarishdi. O‘yin tonusini qanday shakllantirayotganimizni ko‘rib oldik. Sifat bo‘yicha ayta olmaymanu, ammo yigitlarning o‘yinidan harqalay ko‘nglim to‘ldi.

Bu birinchi o‘yin va unda u qadar emosiya bo‘lgani yo‘q. Ijobiy holat shundaki, biz g‘alaba qozondik. Barchaga o‘ynash uchun imkoniyat yaratib berdik. 5 nafar futbolchimiz alohida dastur bo‘yicha shug‘ullanishyapti va bu uchrashuvda maydonga tushishmadi. O‘ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda maydonga tushishadi. Tayyorgarlik jarayoni tuzib chiqilgan dastur bo‘yicha davom etyapti. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, - dedi Samvel Vyacheslavovich.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:25, 14.01.2026.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик