Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sobiq murabbiy: "Arbeloa Mourinyoga o‘xshashni istaydi"

Sobiq murabbiy: "Arbeloa Mourinyoga o‘xshashni istaydi"

Baho:
+ | -

"Selta", "Reyms" va "Brayton" klublarining sobiq bosh murabbiyi Oskar Garsiya Alvaro Arbeloaning "Real"ga tayinlangani haqida fikr bildirdi.

42 yoshli mutaxassis madridliklar jamoasini dushanba kuni - Xabi Alonso ketganidan keyin qabul qilib oldi.

"U Mourinyoga o‘xshashni istaydi va hozirda "Real" murabbiyi bo‘lib turganining yagona sababi shundaki, u faqat Mourinyo haqida gapiradi.

Taktika nuqtai nazaridan, "Kastilya"ning men ko‘rgan bir nechta o‘yinlariga qaraganda, u Xabi Alonso darajasida emas.

U Xabi Alonso bilan chiqisha olmagan futbolchilar bilan ishlaydi. Prezident uni qanchalik qo‘llab-quvvatlamasin, ipni kim tortishi hali noma’lum. Prezident uchun Vinisius muhimmi yoki Arbeloa?

U muxlislar undan qanday o‘yin xohlayotganini biladi... ammo vaziyatni o‘zgartirish uchun u o‘zini juda yaxshi ko‘rsatishi kerak bo‘ladi," - dedi Garsiya Catalunya Radio efirida Tot Costa ko‘rsatuvida.

Kiritildi: 15:48, 14.01.2026.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик