"Bavariya" vingeri Maykl Olise Bundesliga 17-turidan o‘rin olgan "Kyoln"ga (3:1) qarshi bahsda Serj Gnabriga assistentlik qildi.
Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi Germaniya chempionatining 17 o‘yinida 10 gol va 9 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Olise Bundesliganing eng yaxshi assistenti hisoblanadi, uning eng yaqin ta’qibchisi Luis Diasda 8 ta golli uzatma bor. "Gol+pas" bo‘yicha vinger Bundesligada 24 (20+4) ochko jamg‘argan Xarri Keyndangina ortda qolmoqda.
Shuningdek, Olise top-5 ligalarda eng yaxshi assistent hisoblanadi. APLda 8ta assist bilan Brunu Fernandesh ("MYU"), La Ligada 7ta assist bilan Lamin Yamal ("Barselona") va Luis Milya ("Xetafe"), A Seriyada 6ta assist bilan Xesus Rodriges va Niko Pas (ikkalasi ham "Komo"), Liga 1da 6ta assist bilan Vitinya ("PSJ") peshqadamlar ro‘yxatidan o‘rin olgan.













