Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Maykl Kerrik «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi

Maykl Kerrik «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premyer-ligasining 22-turi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan 2:0 hisobidagi g‘alabani izohladi.

«Bu ajoyib boshlanish, bunga gap yo‘q. Rostini aytsam, o‘yin oldidan biz, murabbiylar, o‘zaro gaplashib, yigitlar yaxshi formada ekanini aytgandik. Tayyorgarlikdan, futbolchilarning emosional holatidan, kiyim almashtirish xonasidagi muhitdan to‘liq qoniqqandik. Shuning uchun o‘yin oldidan bu jihatdan xotirjam edim. Lekin tushuning, “Siti” — juda kuchli jamoa, katta iqtidorga ega, ular tarkibni o‘zgartirishi va taktikani almashtirishi mumkin. Shu sababli reja bo‘ladi, keyin esa reja B va C’ga o‘tib, ular asosida ishlashga to‘g‘ri keladi.

Shuning uchun o‘yin qanday kechishini hech qachon oldindan aniq bilmaysiz. Ammo bugun hammasi qanday bo‘lgani — ajoyib. Yigitlar ko‘p jihatdan juda yaxshi o‘ynashdi. Emosiyalarni nazorat qilish, biz bergan ma’lumotlarni yodda tutgan holda o‘ynash va konsentrasiyani yo‘qotmaslik — bu juda yuqori darajada bajarildi», — deya Kerrikning so‘zlarini «Manchester Yunayted» rasmiy sayti keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuv Maykl Kerrik uchun «qizillar» bosh murabbiyi sifatidagi ilk o‘yin bo‘ldi. Mutaxassis 13 yanvar kuni ushbu lavozimga tayinlanib, Ruben Amorim o‘rnini egallagan edi.

APLda 22 ta o‘yindan so‘ng «qizil iblislar» 35 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. «Shaharliklar» esa 43 ochko bilan ikkinchi pog‘onada joylashgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:02, 17.01.2026.
O'qildi: 2805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик