Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Rasman. "Ayntraxt" jamoa bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

Rasman. "Ayntraxt" jamoa bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

Baho:
+ | -

"Ayntraxt" bosh murabbiyi Dino Toppmeller lavozimini tark etdi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Avvalroq, "Ayntraxt" Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinlashga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Frankfurtning "Ayntraxt" klubi va bosh murabbiy Dino Topmeller hamkorlik shartnomasini bekor qildi.

Qaror so‘nggi bir necha hafta ichida sodir bo‘lgan voqealarni har tomonlama tahlil qilish natijasidir. Ishga bo‘lgan sadoqatingiz uchun tashakkur, Dino!" - deyiladi xabarda.

Germaniyalik mutaxassis 2023 yilning iyulidan buyon "Ayntraxt"ni boshqarib kelayotgandi. Jamoa 2024/25 yilgi mavsumda Bundesliganing bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 2025/26 yilgi mavsumda "Ayntraxt" 27 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 21:31, 18.01.2026.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик