Endrik Fransiyada ikkinchi samarali harakatini qayd etdi.
"Lion" hujumchisi "Brest" darvozasiga kiritilgan ikkinchi golda ishtirok etdi. U birinchi taym oxirida Abner Santosga golli uzatma berdi.
11 yanvar kuni ham "Real"dan ijaraga olingan braziliyalik futbolchi o‘zini ko‘rsatgan edi. U Fransiya kubogi o‘yinida "Lill"ga qarshi g‘alaba keltirgan golni urgandi.













