Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Mes” futbolchisi Shveysariyadagi yong‘inda sevgilisini qutqarib, qahramonga aylandi

“Mes” futbolchisi Shveysariyadagi yong‘inda sevgilisini qutqarib, qahramonga aylandi

Baho:
+ | -

Fransiyaning “Mes” klubi a’zosi Tahiris dos Santos Yangi yil arafasida Shveysariyaning Krans-Montana shahrida sodir bo‘lgan fojiali yong‘in paytida qahramonlik ko‘rsatdi.

Voqea Le Constellation tungi klubida yuz bergan bo‘lib, yong‘in oqibatida 40 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam tan jarohati olgan. Qurbonlar orasida 14 yoshli shveysariyalik qiz ham bor. Keyinchalik halok bo‘lganlarning aksariyati Fransiya va Italiya fuqarolari ekani ma’lum qilindi.

Manbalarga ko‘ra, 19 yoshli dos Santos yong‘in boshlangan vaqtda binoning birinchi qavatida bo‘lgan va dastlab tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq u sevgilisi binoda qolib ketganini eshitgach, yonib turgan klubga qayta kirgan va uni tashqariga olib chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi tanasining 30 foizi kuygan. U hozirda Germaniyaning Shtutgart shahridagi ixtisoslashtirilgan klinikada davolanmoqda. Uning sevgilisi ham kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Mes” jamoasi sardori Gotye Eyn matbuot anjumanida futbolchi va uning oilasini qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tdi.

“Biz Tahiris va uning oilasi bilan birgamiz. Bu voqea futbol hayotdan ustun emasligini yana bir bor eslatdi. U nafaqat yaxshi futbolchi, balki ajoyib inson ekanligini ham ko‘rsatdi”, deydi jamoa sardori.

Dos Santosning agenti Kristof Hutto futbolchining ahvoli og‘irligini, biroq u mustaqil nafas olayotganini ma’lum qildi. Shifokorlar kuyish jarohatlaridan keyin dastlabki kunlar juda muhim ekanini, bu davrda infeksiya tushish xavfi yuqori bo‘lishini bildirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:49, 19.01.2026.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.