Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Lopes "Barselona"ni tark etmaydi

Lopes "Barselona"ni tark etmaydi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarimhimoyachisi Fermin Lopes qishki transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Adrian Sanches xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Lopes Londonning "Chelsi" va boshqa grand klublaridan qiziqish bo‘layotganiga qaramay, bor e’tiborini "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynashga qaratgan.

Fermin Lopes "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 22 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Lopesning "Barselona" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:19, 20.01.2026.
O'qildi: 948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик