Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Real" sobiq yulduzi Beyl: "Bankrotlik meni doim qo‘rqitgan"

"Real" sobiq yulduzi Beyl: "Bankrotlik meni doim qo‘rqitgan"

Baho:
+-1 | -

"Real"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl doim pulsiz qolishdan qo‘rqqanini tan oldi. Uelslik futbolchi faoliyatini ancha erta — 33 yoshida yakunlagan.

"Bankrot bo‘lish menga doim qo‘rqinchli tuyulardi. Faoliyatini tugatgandan keyin pulsiz qolib ketgan sportchilar haqida maqolalarni o‘qiysiz. Ular pulni qanday boshqarishni, mulki bilan nima qilishni bilmaydi. Ko‘plab sportchilar haddan tashqari dabdabali hayot kechiradi, men esa bundan qochishga harakat qildim. Men har doim futboldan keyingi hayotim qanday bo‘lishi haqida o‘ylardim.

Faoliyatni yakunlaganingizdan keyin sizga pul to‘lashmaydi. Odamlar hayotini qanday qayta qurishadi? Men doim diversifikasiya qilishga intildim. Bir nechta loyihalarga investisiya kiritish g‘oyam bor edi. Agar ulardan biri muvaffaqiyatsiz chiqsa ham barchasini yo‘qotmasdim", — deya Beylning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Faoliyati davomida Garet Beyl "Sautgempton", "Tottenxem", "Real" va "Los-Anjeles" klublarida to‘p tepgan.

Kiritildi: 16:27, 20.01.2026.
O'qildi: 4168 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик