Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Husniddin Aliqulov jarohat sababli Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Husniddin Aliqulov jarohat sababli Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va Turkiyaning “Rizespor” klubi futbolchisi Husniddin Aliqulov jarohat sababli uzoq muddatga safdan chiqdi. Klub matbuot xizmati uning holati yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qildi.

Aliqulov 2026 yil 19 yanvar kuni “Gyoztepe” jamoasiga qarshi uchrashuvda olgan zarbasi oqibatida chap tizzasidan jarohat olgan va o‘yinni davom ettira olmagan.

“Rizespor” klubi sog‘liqni saqlash komissiyasi raisi, professor Hasan Turutning ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik va tekshiruvlar natijasida futbolchining chap tizzasida oldingi xochsimon bog‘lam uzilishi, tizza kosachasining yarim chiqishi (patellar subluksasiya), bunga bog‘liq ravishda MPFL (tizza kosachasi bog‘lami) shikastlanishi, shuningdek ichki va tashqi menisklarda yirtilish, qon ketishi hamda shish aniqlangan.

Shundan so‘ng futbolchini jarrohlik amaliyoti orqali davolashga qaror qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Husniddin Aliqulovning maydonga qaytish muddati 6 oydan 9 oygacha vaqt olishi kutilmoqda.

Shu tariqa, 26 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi mumkin. Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:04, 21.01.2026.
O'qildi: 1571 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик