Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Chempionlar ligasida Levandovskidan kattaroq yoshda gol urgan La Liga futbolchilari orasida faqat bitta o‘yinchi bor

Chempionlar ligasida Levandovskidan kattaroq yoshda gol urgan La Liga futbolchilari orasida faqat bitta o‘yinchi bor

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 7-turida «Slaviya»ga qarshi uchrashuvda (4:2) bir gol urib, ikki bor golli uzatma berdi. Shu orqali u La Liga vakili sifatida mazkur nufuzli yevrokubok musobaqasida gol urgan ikkinchi eng katta yoshli futbolchiga aylandi.

Opta Sport statistik portali ma’lum qilishicha, gol urilgan paytda polshalik hujumchisining yoshi 37 yoshu 153 kunni tashkil etgan. Ushbu reytingda La Liga vakillari orasida eng katta yoshda gol urgan futbolchi — Serxio Ramos hisoblanadi. U 2023 yil dekabr oyida «Sevilya» safida «Lans»ga qarshi bahsda (1:2) gol urgan bo‘lib, o‘sha paytda Ramos 37 yoshu 257 kunlik edi.

Robert Levandovski 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:29, 22.01.2026.
O'qildi: 2224 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик