Joriy mavsum yakunida jamoani tark etadigan «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro «qizil iblislar» muxlislariga murojaat yo‘lladi.
«Qachon bir bosqich o‘z nihoyasiga yetayotganini bilish kerak. Qachon xayrlashish lozimligini, qachon seni abadiy eslab, hurmat qilishlarini his qilgan paytni anglash kerak. Bu emblema va maqsadimiz uchun bor kuchimni berishga to‘rt oy qoldi.
“Manchester Yunayted” hamda uning ajoyib muxlislariga abadiy hurmat va muhabbat. Abadiy “qizil iblis”, — deb yozdi Kazemiro.
Futbolchi 2022 yilda Madridning «Real» klubidan «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilgan edi. Shu davr mobaynida 33 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 146 ta uchrashuvda ishtirok etib, 21 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kazemironing bozor qiymati 8 million yevroga teng.













