Rimning "Roma" klubi darvozaboni Mile Svilar klubning Yevropa Ligasidagi navbatdagi muvaffaqiyati haqida gapirdi - Jan Pyero Gasperini shogirdlari Germaniyaning "Shtutgart" klubini mag‘lub etdi (2:0) va bu rimliklarning ushbu turnirdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi.
Svilarning fikricha, o‘tgan yozda klub boshqaruviga aynan Gasperini kelgani klubning yosh futbolchilariga juda qo‘l kelgan.
- Pizilli? Mashg‘ulotlarda menga ish topib beradi. Uning zarbasi kuchli, shuning uchun men azob chekyapman! Agar jiddiy gapiradigan bo‘lsam, Gasperini davrida "Roma"dagi yosh futbolchilarda hammasi yaxshi bo‘ladi. Ular ishonchli qo‘llarda," - deya Svilar so‘zlarini keltiradi forzaroma.info.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gasperini uzoq vaqt davomida "Atalanta"ni boshqargan edi.













