Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona

Prezident Osiyo Olimpiya kengashi bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Osiyo Olimpiya kengashi bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati va tashkilot Bosh assambleyasi ishtirokchilarini qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Osiyo Olimpiya kengashining yangi saylangan prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy davlat rahbariga Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakat yetakchisi O‘zbekistonga xalqaro sport harakatining ishonchli hamkori sifatida yuksak ishonch bildirilib, tashkilot assambleyasini Toshkentda o‘tkazishga qaror qilingani uchun minnatdorlik izhor etdi.

Sportni rivojlantirish “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangani ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va amaliy natijalarga erishishga qaratilgan qo‘shma dastur hamda tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi.

Tadbir yakunida prezident sportni rivojlantirish va sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori, Butunjahon suv sporti federasiyasi prezidenti Husayn al-Musallamga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Avvalroq Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti Shayx Jav’an ol Soniy O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangani haqida xabar berilgandi.

Taqdirlash marosimi 26-yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan. Shayx Jav’an ol Soniy olimpiya harakatini rivojlantirish, muhim sport tashabbuslarini ilgari surishga qo‘shayotgan alohida hissasi uchun taqdirlangan. Mukofotni prezident Shavkat Mirziyoyev topshirgan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 17:49, 26.01.2026.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик