Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Keyn - Chempionlar Ligasidagi "Bavariya" haqida: "Bizda eng qiyin taqvim bor edi"

Keyn - Chempionlar Ligasidagi "Bavariya" haqida: "Bizda eng qiyin taqvim bor edi"

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar Ligasi musobaqasining so‘nggi turidan o‘rin olgan PSVga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng intervyu berdi.

Myunxenliklarga navbatdagi 3 ochkoni 84-daqiqada Keyn tomonidan kiritilgan gol keltirdi. Vensan Kompani jamoasi 21 ochko bilan jadvalda ikkinchi o‘rinni egalladi.

"8ta o‘yindagi 7ta g‘alaba jamoamiz nimalarga qodirligini ko‘rsatadi. Menimcha, bizda eng qiyin taqvim bo‘lgan. Haqiqiy murakkab o‘yinlar ko‘p: "PSJ" bilan safar, "Arsenal" bilan safar, "Chelsi" bilan uy uchrashuvi. Biz bu qiyinchiliklarning barchasidan o‘tdik. Bunga aloqador bo‘lgan har bir kishini maqtash kerak," - deya Keynning so‘zlarini keltiradi UEFA.

Kiritildi: 12:51, 29.01.2026.
O'qildi: 454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик