"Verona" yarim himoyachisi Alfajo Sisse faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, "rossonerilar" 19 yoshli italiyalik xavbekni 8+1,5 million yevro evaziga sotib oladi.
Mavsumning birinchi qismini "Katanza" safida ijarada o‘tkazgan futbolchi 21 ta o‘yinda 6 ta gol urib, 1 ta assist berdi.













