Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Samvel Babayan: “Doim feyr-pley tamoyiliga amal qilish kerak”

Samvel Babayan: “Doim feyr-pley tamoyiliga amal qilish kerak”

Baho:
+ | -

"Andijon" bosh murabbiyi Samvel Babayan kecha “Shaxtyor”ga qarshi bo‘lib o‘tgan, ammo yakuniga yetmay qolgan bahs borasida klub matbuot xizmatiga shunday dedi:

“O‘rtoqlik o‘yini mavsumga tayyorgarlik ko‘rish, o‘yinni tashkil qilish, futbolchilarni tayyorgarligini bilish maqsadida o‘tkaziladi. Birinchi navbatda chempionat davomida o‘yinchilar sog‘-salomat, jismonan baquvvat holatda o‘ynashlari uchun tayyorgarlik jarayonlari olib boriladi. Ya’ni, qishki yig‘indagi barcha e’tibor mavsumga qaratiladi.

Afsuski, raqib murabbiyi tomonidan futbolchilariga keskin o‘ynash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan va bunday harakatlar noto‘g‘ri. Raqib murabbiyini ko‘rsatmasi futbolchilarimizning jiddiy jarohat olishlariga sabab bo‘ldi. “Shaxtyor” o‘yinchilarini juda qo‘pol harakatlari natijasida ikki futbolchimiz jarohat oldi. Futbolda ruxsat etilmagan bunday holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu futbol qonun-qoidalariga ham to‘g‘ri kelmaydi. Doim feyr-pley tamoyiliga amal qilish kerak.

Yaxshihamki, o‘ynchilarimizni holati yaxshi. Rahbariyat, tibbiyot xodimlar shtabi kechasi bilan o‘yinchilarimizning holatini nazorat qildik, tekshiruvlar o‘tkazdik va kerakli ishlarni amalga oshirdik. Xudoga shukrki, ularni ahvoli yaxshi. Abdulvohid G‘ulomov operasiya qilindi. Abdurahmon Komilovni holati qoniqarli. Tez kunlarda ularni sog‘ayib ketishiga ishonch bildiraman. Tayyorgarligimizni keyingi jarayonida jamoamiz bilan bunday muammoli holatlar yuzaga kelmaydi, deb umid qilaman”, - deydi Samvel Vyacheslavovich.

Kiritildi: 19:02, 03.02.2026.
O'qildi: 816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.