Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

"Kyoln" Said el-Mala bo‘yicha "Brayton"ning yirik taklifini rad etdi

"Kyoln" Said el-Mala bo‘yicha "Brayton"ning yirik taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

Germaniyaning "Kyoln" klubi Angliyaning "Brayton" jamoasidan yarim himoyachi Said el-Malani sotib olish bo‘yicha tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Brayton" Germaniya yoshlar terma jamoasi a’zosi uchun bonuslarni hisobga olmaganda 25 milliondan 30 million yevrogacha to‘lashga tayyor edi, biroq rad javobini oldi. APL klubi ushbu nemis iste’dodiga, hatto u Bundesligada debyut qilmasidan oldin qiziqish bildirgan edi. Ta’kidlash joizki, "Kyoln"ning rekord sotuvi 29 million yevroga teng.

Dekabr oyida El-Mala qishki transfer oynasidan keyin ham "Kyoln"da qolishini tasdiqlagan edi.

"Bundesligada bir nechta gol urganingizdan so‘ng, boshqa klublar darhol qo‘ng‘iroq qila boshlaydilar. Bu mening o‘yin darajamning yoqimli tasdig‘i, ammo men bor e’tiborimni "Kyoln"dagi ishtirokimga qaratganman", — deb ta’kidlagan edi o‘shanda futbolchi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 21:57, 04.02.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик