Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Liverpul" "Sanderlend" darvozaboni uchun 60 million yevro to‘lashi mumkin

"Liverpul" "Sanderlend" darvozaboni uchun 60 million yevro to‘lashi mumkin

Baho:
+ | -

"Sanderlend" darvozaboni Robin Rufs faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.

Football Insider xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchini "Liverpul" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Qizillar" 23 yoshli posbon transferiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. "Sanderlend" yozda o‘z futbolchisini taxminan 60 million yevroga sotishga tayyor bo‘ladi.

Robin Ruf 2025 yilda "Neymegen"dan 10 million yevro evaziga "Sanderlend"ga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda darvozabon "qora mushuklar" safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol o‘tkazib yubordi va sakkizta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 07:57, 05.02.2026.
O'qildi: 390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.