Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Germaniya matbuoti: “O‘zbekiston debyutant bo‘lishiga qaramay, JCHga faqat tajriba orttirish uchun bormaydi”

Germaniya matbuoti: “O‘zbekiston debyutant bo‘lishiga qaramay, JCHga faqat tajriba orttirish uchun bormaydi”

Baho:
+ | -

Germaniyaning nufuzli fussballfieber.de sport nashri 2026 yilda Kanada, Meksika va AQSHda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadigan terma jamoalar — Kyurasao, Iordaniya va Kabo-Verde qatorida O‘zbekiston terma jamoasi haqida maxsus maqola e’lon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilda o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bungacha o‘zbekistonlik futbolchilar yetti bor mundial yo‘llanmasi uchun kurashgan, biroq har safar omad yetishmagan. Muxlislar tomonidan mehr bilan “Oq bo‘rilar” deb ataladigan terma jamoa nihoyat 2025 yil 5 iyun kuni sakkizinchi urinishda tarixiy maqsadga erishdi.

BAA terma jamoasiga qarshi 0:0 hisobidagi durang O‘zbekistonga Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi. FIFA reytingida o‘sha vaqtda 58-o‘rinda bo‘lgan O‘zbekiston shu tariqa Markaziy Osiyodan JCHga chiqqan ilk davlatga aylandi. Aholisi qariyb 37 million bo‘lgan mamlakat JCH–2026 turniridagi eng yirik debyutant sifatida qayd etildi. Saralash bosqichida o‘zbekistonliklar 2022 yilgi mundial mezboni Qatarni ham ortda qoldirdi.

G‘alaba va e’tirof

Tarixiy natija mamlakat bo‘ylab katta shodiyona bilan qarshi olindi. BAAga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchilar vaqtinchalik bosh murabbiy Timur Kapadzeni ramziy tarzda suv sepish orqali tabrikladi. Albatta, alkogolsiz, chunki O‘zbekiston musulmon mamlakatidir.

Muvaffaqiyat davlat darajasida ham e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon chempionatiga chiqqan barcha futbolchilarni faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirladi. Shuningdek, har bir futbolchiga yangi avtomobil sovg‘a qilindi.

“Oq bo‘rilar” yetakchilari

2026 yilgi JCHda O‘zbekiston terma jamoasini ikki muhim shaxs boshqaradi. 2025 yil oktyabridan buyon jamoani Fabio Kannavaro boshqarib kelmoqda. Qiziq jihati shundaki, bu lavozim dastlab germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyovga taklif qilingan, biroq u rad javobini bergan. Natijada 2006 yilgi Jahon chempioni bo‘lgan italiyalik murabbiy o‘zbekistonlik futbolchilarni mundialga tayyorlamoqda.

Jamoa yetakchilaridan biri — himoyachi Abduqodir Husanov. U 2025 yil yanvardan buyon Pep Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” safida to‘p surmoqda va Angliya Premer-Ligasida o‘ynayotgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirgan.

Mundial sinovlari

JCH–2026 turnirida O‘zbekistonni jiddiy sinovlar kutmoqda. “K” guruhi doirasida “Oq bo‘rilar” 2016 yilgi Yevropa chempioni Portugaliya va afsonaviy Krishtianu Ronalduga qarshi bahs olib boradi. 41 yoshli Ronaldu ehtimoliy so‘nggi JCHda bir qator rekordlarni yangilashni ko‘zlamoqda, jumladan, mundialda ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchi va eng yoshi katta gol muallifi sifatida.

Shuningdek, O‘zbekiston Kolumbiya va yana pley-off orqali aniqlanadigan terma jamoaga qarshi maydonga tushadi. Debyutant bo‘lishiga qaramay, “Oq bo‘rilar” faqat tajriba orttirish bilan cheklanmaydi — ular guruhdagi uchinchi o‘rin orqali pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini jiddiy ko‘zlamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:45, 05.02.2026.
O'qildi: 2519 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик