Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Azar “CHelsi” uchun ideal murabbiy nomini aytdi

Azar “CHelsi” uchun ideal murabbiy nomini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” va Londonning “Chelsi” klublarida to‘p surgan sobiq futbolchi Eden Azar kelajakda “Chelsi” bosh murabbiyi sifatida Sesk Fabregasni ko‘rishni istayotganini aytdi. Bu haqda Dazn nashri xabar bermoqda.

“Men yozda Fabregas bilan bir oz gaplashdik. U tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri va kelajakda kuchli murabbiy bo‘lishiga ishonaman. Men unga ‘Chelsi’ga qaytish vaqti kelganini aytdim. U buni hazilga oldi, lekin men jiddiy aytdim. Men ‘Chelsi’ muxlisiman va klubga eng yaxshisini tilayman. Shuning uchun Seskni jamoa boshqaruvida ko‘rishni xohlayman. O‘zim esa tribunada o‘tirib, uning ishidan zavqlanardim”, deydi Azar

Ma’lumot uchun, hozirda Sesk Fabregas Italiyaning “Komo” klubida ishlamoqda. Hozirda ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi jamoa Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 41 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq Fabregas Angliyaning boshqa bir jamoasi — “Manchester Siti”ni boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Agar Pep Gvardiola “shaharliklar”ni tark etsa, asosiy nomzod aynan ispaniyalik mutaxassis asosiy nomzod bo‘lishi aytilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:14, 06.02.2026.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик