Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Yuventus» yetakchisi «Inter»ga tekinga o‘tib ketishi mumkin

«Yuventus» yetakchisi «Inter»ga tekinga o‘tib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

«Yuventus» yarim himoyachisi Ueston Makkenni chempionatdagi raqobatchilardan biri — Milanning «Inter» klubi e’tiboriga tushdi.

27 yoshli futbolchi «keksa sinyora»ning hozirgi ustozi Luchano Spalletti qo‘l ostida yangi qirralarini ochdi, biroq mavsum yakunida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin — uning shartnomasi o‘z nihoyasiga yetmoqda. Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, so‘nggi haftalarda «Inter» vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda: agar amerikalik futbolchi turinliklar bilan kelishuvni uzaytirmasa, «neradzurrilar» uni o‘z tomoniga og‘dirib olishi mumkin.

Ko‘plab turli pozisiyalarni yopa olish qobiliyatiga ega bo‘lgan Ueston Makkenni joriy mavsumdagi 32 ta o‘yinda oltita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:25, 07.02.2026.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик