«Manchester Siti»da ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola jamoa boshqaruvida kamida 2027 yilning o‘rtalarigacha qolishiga ishonishmoqda. Shu munosabat bilan «shaharliklar» murabbiy uchun yangi futbolchilarni sotib olishga qaror qilishdi.
«The I paper» nashri xabariga ko‘ra, Manchester klubi kelayotgan yozda Elliot Anderson («Nottingem Forest»), Maykl Kayode («Brentford») va Givayro Rid («Feyenoord»)ni o‘z safiga qo‘shib olishni niyat qilgan.
Premyer-liganing 24 turidan so‘ng Gvardiola shogirdlari 47 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi va peshqadam «Arsenal»dan olti ochkoga ortda qolmoqdalar. «Shaharliklar» navbatdagi o‘yinni safarda «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadilar.













