Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Hech bir o‘yinga 100 foiz tayyor holda chiqmadim»: «Chelsi» yulduzi qiyin mavsumni o‘tkazmoqda

«Hech bir o‘yinga 100 foiz tayyor holda chiqmadim»: «Chelsi» yulduzi qiyin mavsumni o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer faoliyati davomida ilgari hech qachon bunday jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaganini ma’lum qildi.

Shanba kuni 23 yoshli futbolchi Premyer-liga doirasida «Vulverxempton»ga qarshi kechgan o‘yinda (3:1) xet-trik qayd etdi. Ingliz futbolchisi har uchtala golni ham birinchi bo‘limning o‘zidayoq kiritdi, ulardan ikkitasini penaltidan amalga oshirdi.

«Ushbu mavsumgacha faoliyatim davomida jarohatlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan edi. Men uchun bu yangilik va men hali ham bunday vaziyatlar bilan qanday kurashishni o‘rganyapman. Albatta, bu kishini xafa qiladi. O‘ylashimcha, bu mavsumda birorta ham o‘yinga 100 foiz tayyor holatda yetib kelmadim. Maydonga tushar ekanman: «Buni qila olamanmi, uni-chi?» deb o‘ylayman. Bu haqda haddan tashqari ko‘p bosh qotiryapman», – deya Palmerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Chelsi» matbuot xizmati.

Kiritildi: 01:30, 08.02.2026.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик