Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Inter» «Roma» sardorini bepul qo‘lga kiritmoqchi

«Inter» «Roma» sardorini bepul qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

«Inter» klubi «Roma» yarim himoyachisi Lorenso Pellegrinining transferiga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Orasio Akkomandoning ma’lumotlariga ko‘ra, Milan klubi futbolchining «bo‘rilar» bilan shartnomasi yakunlanadigan shu yilning yozida uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Inter» transferlar uchun mablag‘ tejash maqsadida kelishuvni bepul amalga oshirishni, shu bilan birga markaziy chiziqni kuchaytirishni istamoqda.

Lorenso Pellegrini 2017 yilda «Sassuolo»dan 10 million yevro evaziga «Roma»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Rim klubi safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:37, 08.02.2026.
O'qildi: 1008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик