Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik Yamalning o‘yini va uning almashtirilishi haqida fikr bildirdi

Flik Yamalning o‘yini va uning almashtirilishi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga doirasida «Malyorka»ga qarshi kechgan o‘yinda (3:0) Lamin Yamalning ko‘rsatgan o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

18 yoshli vinger uchrashuvning 61-daqiqasida darvozani ishg‘ol qilib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi, 78-daqiqada esa uning o‘rnini Runi Bardji egalladi. Ko‘p o‘tmay, kataloniyaliklar Mark Bernalning sa’i-harakatlari bilan uchinchi golni kiritishdi.

«Birinchi bo‘limda Yamal eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmadi, ammo tanaffusdan so‘ng ancha kuchli ko‘rindi. Lamin o‘yindan zavq olmoqda, biroq biz uni almashtirishga qaror qildik, chunki payshanba kuniyoq navbatdagi o‘yinimiz bo‘lib o‘tadi», – deya Flikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Barca Universal».

Kiritildi: 02:00, 08.02.2026.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик