Kirish Ro'yxatdan o'tish

Iraola «Aston Villa» bilan durang haqida: «Biz yaxshiroq o‘ynadik, ammo bu kamlik qiladi»

Iraola «Aston Villa» bilan durang haqida: «Biz yaxshiroq o‘ynadik, ammo bu kamlik qiladi»

Baho:
+ | -

«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya chempionati doirasida «Aston Villa»ga qarshi kechgan o‘yin yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. APLning 25-tur uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

«Ochko olganimiz yaxshi, ammo o‘yinga qaraydigan bo‘lsak — bu kam. Men to‘liq qoniqish hosil qila olmayman, chunki biz yaxshiroq o‘ynagan jamoa edik va g‘alaba qozona olmadik. Tanaffusda o‘yinchilarga juda yaxshi o‘ynayotganimizni va shu ruhda davom etishimiz kerakligini aytdim. Bizning gol urishimiz faqat vaqt masalasi edi», — deya Iraolaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sky Sports».

Shuningdek, Iraola «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martinesni alohida e’tirof etdi.

«Har safar Emiliano Martinesga qarshi to‘qnash kelganimizda, u juda yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Uni mag‘lub etish juda qiyin. Uning jahon chempioni bo‘lganining sababi bor va u buni har dam olish kunlari isbotlamoqda», — dedi Iraola.

Kiritildi: 02:06, 08.02.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик