Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. «Brentford» «Sent-Jeyms Park»da «Nyukasl» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

APL. «Brentford» «Sent-Jeyms Park»da «Nyukasl» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

«Brentford» APLning 25-turi doirasida safarda «Nyukasl»ni mag‘lub etdi — 3:2.

Mehmonlar safida gollarni 37-daqiqada Vitaliy Yanelt, 45+2-daqiqada penaltidan Igor Tiago va 85-daqiqada Dango Uattara kiritishdi. Mezbonlardan esa Sven Botman (24-daqiqa) hamda Bruno Gimaraynsh (79-daqiqa, penaltidan) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Brentford» 39 ochko jamg‘argan holda Angliya chempionati turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. «Nyukasl» esa 33 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.

Angliya Premyer-ligasi. 25-tur

«NYUKASL YUNAYTED» – «BRENTFORD» — 2:3

Gollar: Botman 24' (1:0), Yanelt 37' (1:1), Tiago 45' pen. (1:2), Gimaraynsh 79' pen. (2:2), Uattara 85' (2:3).

«Nyukasl Yunayted»: Poup, Xoll, Botman, Tshau, Trippyer, Tonali, Gimaraynsh, Uillok (Elanga, 46), Barns, Vissa (Osula, 65), Merfi (Voltemade, 46).

«Brentford»: Kellexer, Xenri, van der Berg, Ayer, Kayode (Xiki, 88), Yanelt, Xenderson (Yarmolyuk, 56), Lyuis-Potter (Donovan, 80), Yensen (Damsgor, 87), Uattara, Tiago.

Bosh hakam: Medli (Angliya).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:13, 08.02.2026.
O'qildi: 855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик