Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Fernandesh "MYU"ning g‘alabali seriyasi haqida: "Endi beshinchi g‘alabani qo‘lga kiritishimiz kerak"

Fernandesh "MYU"ning g‘alabali seriyasi haqida: "Endi beshinchi g‘alabani qo‘lga kiritishimiz kerak"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh jamoaning so‘nggi natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi. "Qizil iblislar" Premyer-liganing oxirgi to‘rtta o‘yinida g‘alaba qozonishdi va hozirda to‘rtinchi o‘rinni egallab turishibdi.

"G‘alaba qozonganimizda ishonchimiz borgan sari ortib boradi. Diqqatni saqlab qolish va haddan tashqari hotirjamlikka berilmaslik juda muhim. G‘alaba qozonish yoqimli, ammo buni davom ettirish kerak. Agar keyingi safar g‘alaba qozona olmasang, yana o‘zingni noqulay his qiladigan joyingga qaytasan, ishonchni yo‘qotasan va qilgan barcha ishlaringga shubha qila boshlaysan. Asosiy e’tiborimiz — keyingi o‘yinda. Biz ketma-ket to‘rtta g‘alabaga erishdik, endi esa beshinchisini qo‘lga kiritishimiz lozim", — dedi Fernandesh "BBC Match of the Day" ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

"Manchester Yunayted" navbatdagi o‘yinini 10 fevral kuni safarda "Vest Xem"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 08:21, 08.02.2026.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик