Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

O‘zbekiston Superkubogiga Bobur arena mezbonlik qiladi

O‘zbekiston Superkubogiga Bobur arena mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Uzoq tanaffusdan keyin Superliga chempionligini qo‘lga kiritgan "Neftchi" hamda mamlakat kubogining amaldagi g‘olibi "Paxtakor" o‘rtasidagi Superkubok o‘yini Andijonda o‘tkaziladi.

Taqvim rejaga ko‘ra, Superkubok bellashuvi 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi. So‘nggi yillarda Liga Superkubok uchrashuvini may oyida o‘tkazib kelayotgandi. Biroq mamlakat bosh jamoasi Jahon kubogida ishtirok etadigan mavsumda muxlislar uchun ahamiyatli bo‘lgan super uchrashuv mart oyiga rejalashtirildi.

Superkubok o‘yiniga Olmaliq yoki Namangan shahridagi stadionlar ham mezbonlik qilishi mumkin edi. Biroq OKMK va Markaziy stadionlarida ta’mirlash ishlari davom etayotgan bo‘lib, ularning qayta ish boshlash sanalari aniq emas. Shundan kelib chiqqan holda, Andijondagi "Bobur arena" varianti eng maqbul variant deb topildi.

"Bobur arena" ketma-ket ikkinchi mavsum katta futbol uchrashuviga mezbonlik qiladi. Bir yil muqaddam O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi tarixda ilk bor Andijonda o‘tkazilgandi. Qayd etish kerakki, viloyat hozirga qadar Superkubok o‘yiniga mezbonlik qilmagan va mazkur voqelik ham "Bobur arena" uchun birinchisi hisoblanadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:53, 08.02.2026.
O'qildi: 1469 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик