Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rayt Amorimning Maynuga munosabati haqida: "Bu uyat, Kobbi "MYU"dan ketishiga oz qoldi"

Rayt Amorimning Maynuga munosabati haqida: "Bu uyat, Kobbi "MYU"dan ketishiga oz qoldi"

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Ian Rayt «Manchester Yunayted»ning sobiq murabbiyi Ruben Amorimni yarim himoyachi Kobbi Maynuga o‘yin amaliyoti bermagani uchun tanqid qildi.

20 yoshli ingliz futbolchisi yangi murabbiy Maykl Kerrik qo‘l ostida «Manchester Yunayted»ning barcha to‘rtta o‘yinini to‘liq o‘tkazdi. Kobbi ushbu davr mobaynida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi — bu uning APL joriy mavsumidagi ilk samarali harakatlari bo‘ldi.

«Amorim davrida nimalar sodir bo‘lganidan hamma hayratda edi. Maynu yaxshi holatda bo‘lmagan va yarim himoyasida muammolar bor bo‘lgan «Yunayted»da o‘ynamadi. Vaholanki, unda yuqori sifat bor.

Brunu Fernandeshning aytishicha, endi ularga o‘zlarini ko‘rsatish uchun erkinlik berilgan, chunki jamoada yaxshi o‘yinchilar bor. Kobbi esa — juda va juda yaxshi futbolchi. Hozir buni ko‘rib turganimizdan xursandman.

Ochig‘ini aytganda, bu Amorim uchun uyatli holat, chunki biz «MYU» akademiyasi tarbiyalanuvchisiga imkon berilmaganini va u klubni tark etishga juda yaqin kelganini ko‘rdik.

Maynu «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda (2:0) ajoyib harakat qildi. Shunchaki dahshat», — dedi Rayt.

Kiritildi: 15:48, 08.02.2026.
O'qildi: 1171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик