Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Bundesliga. "Bavariya" "Xoffenxaym"ni tor-mor etib, peshqadamlikni mustahkamladi

Bundesliga. "Bavariya" "Xoffenxaym"ni tor-mor etib, peshqadamlikni mustahkamladi

Baho:
+ | -

Bundesliganing 21-turidan o‘rin olgan «Bavariya» va «Xoffenxaym» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Myunxenda kechgan bahsda mezbonlar 5:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishishdi.

O‘yin mehmonlar uchun omadsiz boshlandi: 17-daqiqadayoq Kevin Akpoguma qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Garri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 35-daqiqada Andrey Kramarich «Xoffenxaym»ning javob to‘pini kiritib, muvozanatni tiklagan bo‘lsa-da, Keyn 45-daqiqada yana penaltidan gol urib, dublini rasmiylashtirdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Luis Dias o‘z shousini boshladi. U 45+2, 62 va 89-daqiqalarda gol urib, xet-trik qayd etdi va jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bavariya» 54 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. «Xoffenxaym» esa 42 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.

Kiritildi: 23:41, 08.02.2026.
O'qildi: 946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик