Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasning ko‘rsatayotgan o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi.
22 yoshli futbolchi yakshanba kuni «Valensiya»ga qarshi kechgan bahsning 65-daqiqasida individual mahoratini namoyish etib, hisobni ochdi. Uchrashuv yakunida esa Kilian Mbappe yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:0.
«Karreras yana bir bor o‘zining nafaqat ajoyib himoyachi ekanini isbotladi. U hujumda ham juda kuchli, uning mahorati oldingi chiziqda bizga katta yordam bermoqda», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda «The Touchline».
Alvaro Karreras joriy mavsumda «Real» safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













