Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

39 yoshli Jeko "Shalke"da dubl muallifi bo‘ldi

39 yoshli Jeko "Shalke"da dubl muallifi bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Bosniyalik hujumchi Edin Jeko futbol mezonlariga ko‘ra ancha katta yoshga borib qolganiga qaramay, gol urishni unutgani yo‘q. U o‘zining yangi klubi — "Shalke"dagi ilk o‘yinidayoq gol urgan bo‘lsa, bu safar muvaffaqiyatini ikki barobarga oshirdi — Drezdenning "Dinamo"si darvozasiga ikkita to‘p kiritdi.

To‘g‘ri, Jekoning gollari (52 va 70-daqiqalar) "Shalke"ning g‘alaba qozonishiga yordam bermadi. Uchrashuvning so‘nggi 12 daqiqasida mehmonlar vaziyatni o‘zgartirib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi (2:2). Natijada "Shalke" Germaniyaning kuchi bo‘yicha ikkinchi divizionidagi peshqadamlikni "Darmshtadt"ga boy berdi.

Shuni ta’kidlash joizki, ushbu dubli bilan Jeko 39 yoshu 327 kunligida Ikkinchi Bundesliga tarixida bitta o‘yinda ikkita gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Keyingi turda "Shalke" "Xolshtayn" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 06:56, 10.02.2026.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.