Yaqin vaqt ichida "Nyukasl" 48 yoshli murabbiy Eddi Xau bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda "Football Insider" nashri yozmoqda.
Insayderlarning ta’kidlashicha, o‘tgan shanba kuni "Brentford"dan uchralgan mag‘lubiyatdan (2:3) so‘ng "qarg‘alar" ustoziga bo‘layotgan bosim yanada kuchaygan. Ushbu mag‘lubiyat Angliya liga kubogidagi ishtirokni ham hisobga olsak, klub uchun ketma-ket uchinchisi bo‘ldi.
Vaziyatni murakkablashtirayotgan jihat shundaki, "Nyukasl" ayni damda kuchli to‘rtlikdan ko‘ra, xavfli zonaga (quyi ligaga tushib ketish hududiga) yaqinroq turibdi. Klub hozirda APLda 12-o‘rinda. To‘rtinchi pog‘ona bilan oradagi farq 11 ochkoni, xavfli zona bilan esa 10 ochkoni tashkil etmoqda. Oldinda "qarg‘alar"ni "Tottenxem", "Aston Villa" va "Manchester Siti"ga qarshi o‘ta qiyin o‘yinlar kutmoqda.













