Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Proligada to‘rtinchi davlat universiteti to‘p tepadi — «TerDU»

Proligada to‘rtinchi davlat universiteti to‘p tepadi — «TerDU»

Baho:
+ | -

Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan «TerDU» klubi ishtirokini Proligada davom ettiradi. Universitet rektori Abduqodir Toshqulov tashabbusi bilan klub endi nisbatan kattaroq Ligada ishtirok etadi.

O‘tgan yilning iyul oyida Birinchi liga ishtirokchisi bo‘lgan «Qiziriq» futbol klubi Termiz davlat universiteti tasarrufiga o‘tkazilgan bo‘lib, klub nomi «TerDU»ga o‘zgartirilgandi. Shundan so‘ng klub faoliyatida jonlanish kuzatildi va «TerDU» mavsumni o‘z mintaqasida beshlikda yakunlab, Toshkent mezbonlik qilgan pley-off bosqichida ishtirok etdi. Oliy ta’lim muassasasi rektori o‘z xatida «TerDU» Proliga uchun talablarni bajarishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Termiz shahrida professional futbol uchrashuvlari talablariga javob beradigan arenalar soni cheklangan. Shundan kelib chiqib, «TerDU» «Surxon» futbol klubi bilan shartnoma imzoladi va 2026 yilgi mavsum davomida uning zaxira maydonidan rasmiy uchrashuvlar davomida foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mazkur maydon zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan bo‘lib, u Proliga uchrashuvlarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, hududda klublar sonining ortib borishi ehtimoliy yangi maydonlar bunyod etilishiga olib kelishi mumkin.

Liga bilan kelishuv asosida «TerDU» U19 jamoasi tarkibi universitetning kichik kurs talabalaridan tashkil topadi. O‘z navbatida, asosiy tarkib futbolchilari bilan Liga talab qilgan ko‘rinishda professional mehnat shartnomalari imzolanadi. Shu tariqa Surxondaryo viloyatida futbol bilan shug‘ullanayotgan yosh futbolchilar kelajakda qo‘nim topishi mumkin bo‘lgan yana bir klub bosqichma-bosqich rivojlanib boradi.

Qayd etish kerak, Proliga ishtirokchilarining turli hududlardan ekanligi mamlakat futbolini rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugunga kelib, Superliga klublarida o‘z o‘rnini topa olmagan iqtidorlar uchun o‘zini namoyon qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan o‘rta sinf jamoalari soni ortib bormoqda. Tanlov imkoniyatlarining oshib borishi esa, o‘z navbatida, raqobat muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Liga universitetlar qoshida tashkil etilayotgan futbol klublarining yangi bosqichga chiqib borayotganini olqishlaydi. Ishonamizki, qisqa vaqt ichida oliygohlar nafaqat ta’lim, balki professional sport yo‘nalishidagi imkoniyatlari bilan ham yosh avlodni o‘ziga jalb qila oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:53, 10.02.2026.
O'qildi: 1165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик