Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi jarohat sabab JCH-2026'ni o‘tkazib yuboradi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi jarohat sabab JCH-2026'ni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

«Portu» hujumchisi Samu Agexova uzoq muddatga safdan chiqdi. 21 yoshli futbolchi Portugaliya chempionati doirasidagi «Sporting Lissabon»ga qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvda jarohat olgan edi. Eng yomon shubhalar o‘z tasdig‘ini topdi: «ajdarholar» forvardida oldingi xochsimon bog‘lamlarining uzilishi aniqlandi. Shu tariqa, ispaniyalik futbolchining bo‘lajak Jahon chempionatida ishtirok etishi deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi.

Samu Agexova joriy mavsumda «Portu» safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol kiritgan edi. Ispaniya terma jamoasi safida esa hujumchi jami to‘rtta o‘yinda ishtirok etgan.

«Qizil furiya» bo‘lajak mundialda guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 05:45, 11.02.2026.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.